“Paxtakor” 6 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Sport
−
08 yanvar 2161 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” klubi shartnomasi yakuniga yetgan olti nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, rossiyalik darvozabon Nikita Shevchenko, braziliyalik darvozabon Jonatan, kolumbiyalik hujumchi Brayan Riaskos hamda o‘zbekistonlik uchta futbolchi Umar Adhamzoda, Diyor Xolmatov va Bobur Abduxoliqov erkin agent sifatida “sherlar” safini tark etgan.
Ma’lumot uchun, Diyor Xolmatov va Umar Adhamzoda Namanganing “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Poytaxtliklar ortda qolgan mavsumda “Paxtakor” 60 ochko jamg‘arib, O‘zbekiston Superligasida kumush medal sohibi bo‘ldi. Shuningdek, jamoa O‘zbekiston Kubogini ham qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sherzod Nasrullayev hamda terma jamoaga nomzod futbolchilar Oybek Bozorov va Sanjar Quvvatovni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qilgan edi.