Bobur Abduxoliqov “Nasaf”ga qaytdi
Sport
−
14 yanvar 1139 1 daqiqa
Qashqadaryoning “Nasaf” jamoasi klubning sobiq futbolchisi Bobur Abduxoliqov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan mavsumni Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safida o‘tkazgan Bobur Abduxoliqov “Nasaf” bilan bir yillik kelishuvga erishdi.
Ma’lumot uchun, Abduxoliqov yakuniga yetgan Superliga mavsumida “sherlar” safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifiga aylandi. Shuningdek, u Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 4 ta uchrashuvda harakat qildi.
Qarshiliklar Bobur Abduxoliqovdan tashqari OKMK sobiq futbolchisi Akrom Komilov bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi 2026 yilni “Nasaf”da o‘tkazadi. Qarshi klubi shartnoma qancha muddatga tuzilgani haqida ma’lumot bermagan.
Ma’lumot uchun, Komilov 2021 yildan beri OKMK safida harakat qilgandi. U o‘tgan mavsumning asosiy qismini jarohat sababli o‘tkazib yubordi va Superligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Live
Barchasi