O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari mashinada Jahon chempionatiga yo‘l olishdi

Sport

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatar mamlakatida futbol bo‘yicha Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik bir guruh futbol muxlislari mundialga ikkita maxsus mashinada yo‘lga chiqqanliklari ma’lum bo‘ldi.

Avto-karvonga PFL muxlislar bilan ishlash va ommaviy tadbirlar o‘tkazish bo‘limi rahbari Abdurahmon Fozilov boshchilik qilmoqda. Xabar qilinishicha, avto-karvon O‘zbekiston-Qozog‘iston-Ozarbayjon-Eron-BAA-Saudiya Arabistoni-Qatar yo‘nalishida harakatlanadi. Hozirgi vaqtda muxlislar guruhi Qozog‘istonda bo‘lib turishibdi.

Ma’lum bo‘lishicha, safardan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, turli mamlakatlar turistlarini O‘zbekistonga jalb qilishdan iboratdir.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Jahon chempionati

Baholaganlar

1068

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing