O‘zbekistonlik futbol hakami Parij Olimpiadasida ishlaydi
Sport
−
04 aprel
4038O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev va uning jamoasi shu yil yozda Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan Olimpiada o‘yinlarida faoliyat olib boradi. Bu haqda FIFA Hakamlar qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita Parij-2024 futbol turnirlaridagi o‘yinlarni boshqarish uchun 45 ta davlatdan 89 ta o‘yin hakamini (21 ta bosh hakam, 42 ta yordamchi hakam, 20 ta VAR hakami va 6 ta VAR hakami yordamchisi) tayinladi va ular orasida Ilgiz Tanteshev boshchiligidagi hakamlar brigadasini ham ko‘rish mumkin.
39 yoshli Tantashevga qanotlarda Timur Gaynulin hamda Andrey Sapenko yordam beradi.
Ma’lumot uchun, Parij-2024 Olimpiadasining futbol bahslari 24 iyuldan 10 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. 9 avgust erkaklar o‘rtasidagi, 10 avgust kuni esa ayollar o‘rtasidagi final uchrashuvlari o‘tkaziladi.
LiveBarchasi