O‘zbekistonlik erkin kurashchilar bronza medali uchun gilamga chiqadi
Sport
−
04 avgust 2021
5517Bugun, 4 avgust kuni Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining saralash bosqichida ishtirok etgan o‘zbekistonlik erkin kurashchilar G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) va Javrail Shapiyev (-86 kg) imkoniyatni boy bergan edi. Ushbu ikki sportchi bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Gap shundaki, ularni mag‘lub etgan kurashchilar Zaur Uguyev (-57 kg) va Hasan Yazdani (-86 kg) finalga qadar yetib keldi. O‘tish bosqichida muvaffaqqiyatga erishgan sportchi bronza medali uchun yarim finalda mag‘lub bo‘lgan kurashchiga qarshi gilamga chiqadi.
-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev / Tomas Gilman (AQSH) – Rizo Atri (Eron)
-86 kg: Javrail Shapiyev / Stefan Reyxmuts (Shveysariya) – Artur Nayfonov (ROQ)
Ushbu bellashuvlar, ertaga, 5 avgust kuni o‘tkaziladi.
Shuningdek, ertaga -74 kg vazn toifasida Bekzod Abdurahmonov ham o‘z ishtirokini boshlaydi. Unga birinchi davrada Puerto-Riko vakili Franklin Gomes raqiblik qiladi.
LiveBarchasi