O‘zbekistonlik dzyudochi Elbek Abdullayev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

Dzyudo bo‘yicha 2021 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchi Elbek Abdullayev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi ma’lum qildi.

Agentlik bayonotida aytilishicha, Elbek Abdullayevdan musobaqa davrida doping-sinama olingan. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi +100 kg vazndagi sportchi topshirgan doping-sinamasida taqiqlangan moddalar borligi aniqlangan.

Terma jamoa a’zosi hisoblangan sportchidan Butunjahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan ro‘yxatga kiritilgan bir emas 4 ta: Testosteron, Anastrozol, Boldenon va Oksandrolon moddalari aniqlangan. Ushbu moddalar, ekzogen (tashqaridan organizmga kiritilgan) Anabolik androgen steroidlar hisoblanadi.

Qayd etilishicha, sportchi Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etgan.

Shunday qilib, Elbek Abdullayev 2022 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq bo‘yicha komissiyasining qaroriga ko‘ra 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya davri  2022 yil 3 martdan 2026 yil 2 martga qadar etib belgilandi.

Elbek Abdullayev diskvalifikatsiya davri  tugaganga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasiga asosan, terma jamoa tarkibida xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlaridan chetlashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

doping

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing