O‘zbekistonlik dzyudochi 24 soniyada tarixiy g‘alabaga erishdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turniri o‘tkazilmoqda.  

Musobaqaning birinchi kunida, ya’ni, 1 aprel kuni O‘zbekiston vakili Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Finalda Keldiyorova ispaniyalik Estrella Lopesga qarshi tatamiga chiqdi. 

Ta’kidlanishicha, Diyora jangga tirishqoqlik bilan kirishgan, unga g‘alaba qozonish uchun atigi 24 soniya kifoya qilgan. 

Seoynage texnikasi yordamida u oltin medalni qo‘lga kiritgan. 

Ushbu g‘alaba tufayli Diyora Keldiyorova "Katta Dubulg‘a" turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbek qizi bo‘ldi. 

Medaldan tashqari, Keldiyorova Tokio-2020 uchun 1000 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Diyora Keldiyorova

Baholaganlar

1066

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing