IJF Diyora Keldiyorovani taqdirladi
Sport
−
03 fevral
14655O‘zbekistonlik dzyudochi, Parij-2024 Olimpiadasi g‘olibi Diyora Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan yil voqeligi sovrini bilan taqdirlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Keldiyorovaga bu mukofot Parij-2024 Olimpiadasida yaponiyalik taniqli dzyudochi Uta Abe ustidan qozonilgan g‘alaba uchun taqdim etildi. Keldiyorovaning ustozi, germaniyalik mutaxassis Marko Spittka esa yilning eng yaxshi ayollar terma jamoasi murabbiyi sovrinini qabul qilib oldi.
Keldiyorova va Spittkani IJF prezidenti Marius Vizer tabriklab, taqdirlanganlarning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
Qayd etish joiz, Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan ayol sportchi hisoblanadi. Shuningdek, Keldiyorovagacha o‘zbekistonlik ayol dzyudochi Olimpiadada sovrindor bo‘lmagan.
LiveBarchasi
24 mart
Do‘rmonga o‘t ketdi.
24 mart