Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshi ayol dzyudochi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda

Sport

image

O‘zbekistonlik dzyudochi, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi bo‘lish uchun yakuniy da’vogarlar uchligiga kirdi. Bu haqda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Keldiyorovadan tashqari sovringa kanadalik Krista Deguchi va braziliyalik Beatris Souza da’vogarlik qilmoqda. Shu uch nafar dzyudochi IJF saytida o‘tkazilmagan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘pladi.

Ma’lumot uchun, yuqorida nomlari keltirilgan har uch sportchi Parij-2024 Olimpiadasida g‘olib bo‘ldi. G‘olib sportchi 1-2 fevral kunlari Parijda bo‘lib o‘tadigan “Katta Dubulg‘a” turnirida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Diyora Keldiyorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing