O‘zbekistonlik bokschilar WBC Gran-prisini g‘alaba bilan boshladi (video)
Sport
−
18 aprel 2655 1 daqiqa
Ayni kunlarda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Butunjahon boks kengashining (WBC) Gran-prisi o‘tkazilmoqda.
Ushbu turnirda 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etmoqda. Kecha, 17 aprel kuni o‘zbekistonlik bokschilarning chiqishini Ayubxon Baxtiyorov boshlab berdi.
Baxtiyorov yarim yengil vazn toifasida Fransiya vakili Jamal Xajabga qarshi bahs olib borib, raqibini 6 raundda texnik nokautga uchratdi.
Qayd etish joiz, Ayubxon jang davomida raqibini bir necha bor nokdaunga tushirdi. Ushbu g‘alaba o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasini 1/8 finalga olib chiqdi. Bu bosqich janglari 20-22 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun,18 aprel kuni turnir doirasida 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
Mujibillo Tursunov - Maykl Adesodun (JAR);
Kamronbek Eshmatov - Danilo Lozan (Ukraina).
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 17:00 dan boshlab start oladi.
Live
Barchasi