O‘zbekistonlik bokschilar Olimpiada sari yana bir qadam tashlash arafasida

Sport

image

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion turnir davom etmoqda. Bugun, 5 mart kuni musobaqaning uchinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu kun dasturida 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. Dastlab, Elnur Abduraimov (-63 kg) filippinlik raqibi bilan hisob-kitob qilsa, kechki dastur davomida Fanat Qahramonov (-75 kg) va Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg) ham bahs olib borishadi.

-63 kg: Elnur Abduraimov – Jeyms Paliste (Filippin)
-75 kg: Fanat Qahramonov – Yensen Poutoa (Samoa)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Paulo Aokuso (Avstraliya)

Ma’lumot o‘rnida, kecha kechki bahslar davomida Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg) ikkinchi bosqichda xitoy taipeyilik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Boks Olimpiada Iordaniya

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing