O‘zbekistonlik bokschi IBF Intercontinental kamarini qo‘lga kiritdi
Sport
−
07 Sentabr
20100Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida “RCC Boxing” promouterlik kompaniyasining navbatdagi professional boks oqshomida o‘tkazilgan Muhammad Shexov raqibni mag‘lubiyatga uchratib, IBF Intercontinental kamari sohibiga aylandi.
Turnir doirasida to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. Ularning ikki nafari o‘z vaznlarida IBF Intercontinental kamari uchun jang qildi. Ikkinchi eng yengil vaznda kamar uchun kechgan jangda Muhammad Shexov (15-0-1) Osiyoning kuchli charm qo‘lqop ustalaridan Zong Liu (Xitoy, 19-2-0)ga qarshi ringga chiqdi. O‘n raund to‘liq davom etgan jangda Shexov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi va IBF Intercontinental kamarini qo‘lga kiritdi.
Qolgan o‘zbekistonlik bokschilar to‘liq davom etgan janglarda hakamlarning qaroriga ko‘ra mezbon bokschilarga imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi o‘rta vaznda IBF Intercontinental kamari uchun kechgan jangda Ulug‘bek Sobirov (14-4-0) rossiyalik Pavel Silyaginga (Rossiya, 15-0-1), birinchi yarim o‘rta vaznda Jahongir Rasulov (7-1-1) Ivan Kozlovskiyga (10-0-0), o‘rta vazndagi Bahromjon Fozilov (10-4-3) Jambulat Bijamovga (Rossiya, 2-0-0) yutqazib qo‘ydi.
LiveBarchasi