O‘zbekistonlik bodibilderlar jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

Janubiy Koreyaning Vonju shahrida 14-bodibilding va fitness bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Dunyo birinchligida ishtirok etgan 3 nafar O‘zbekiston vakili oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Dunyoning ellikka yaqin davlatidan 650 nafardan ortiq sportchilar qatnashgan musobaqaning -85 kg vaznida Ibrohim Latipov, atlet-fizik yo‘nalishida esa Shoxruxmirzo Ergashev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekistonlik sportchilarning ustozi Baxshulla Sayfullayev esa Jahon chempionatida bodibilding ustasi yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.

Bungacha Sayfullayev sentyabr oyida Nepalning Katmandu shahrida o‘tkazilgan 55-Osiyo chempionatida 25 dan ortiq davlat qatnashgan musobaqada bodibilding ustasi yo‘nalishida 15 ta raqib ichida oltin medal sohibi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Shoxruxmirzo Ergashev Ibrohim Latipov bodibilding

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing