O‘zbekistonlik bloger Ginnesga kirdi
Bu qiziq
−
24 yanvar
45759BAAda blog yurituvchi o‘zbekistonlik Fotima Hasanova Ginnesning 2024 yilgi ro‘yxatiga kiritilgan birinchi o‘zbek bo‘ldi. U bir sahnada 75 millat vakillarini jamlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda kecha, 23 yanvar kuni “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy oyda Dubayda Ginnesning rekordlar kitobi natijalari sarhisob qilingan. Hasanovaning rekordi “Ko‘p millat vakillarining bir sahnada yig‘ilishi va xoreografik raqs ijrosi” nominatsiyasida qayd etilgan.
Bloger ushbu tadbirda milliy o‘zbek libosida chiqqan va dunyoni tinchlikka da’vat etib, “Dunyo tinchligi uchun” shiori ostida qatnashgan.
O‘z navbatida, Fotima Hasanova BAAda media sohasida o‘z faoliyatini boshlaganini hamda Bosh konsulxona bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashini bildirib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAAdan bo‘lgan 3 yashar qizaloq dunyodagi eng yosh yozuvchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi.