O‘zbekistonlik ayrim sportchilar doping sabab sportdan chetlashtirildi
Sport
−
17 dekabr 2019
9101Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Gulnor Sulaymonova 4 yilga sportdan chetlatilgani ma’lum qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, sportchining Janubiy Koreyada o‘tkazilgan jahon chempionati vaqtida topshirgan tahlilidan taqiqlangan metabolit moddasi topilgan.
Ma’lumot o‘rnida: Gulnor Sulaymonova 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritigan edi. O‘zbekiston kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu jazoning o‘tgan yilgi muvaffaqiyatga aloqasi yo‘q.
Bu hali hammasi emas. Sulaymonovadan tashqari -60 kg vaznli kurashchi Abror Jabborov ham doping sabab 2 yilga diskvalifikatsiya qilingan.
Ta’kidlanishicha, sportchilarning Janubiy Koreyadagi jahon chempionatida qayd etgan natijalari bekor qilingan.
LiveBarchasi