O‘zbekiston ayollar jamoasi Avstraliyadan 10 ta gol o‘tkazib yubordi

Sport

image

Bugun, 28 fevral kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun safarda Avstraliyaga qarshi bahs olib borib, 10:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Midori Honda shogidrlari 1-bo‘limda 8 ta, 2-taymda esa 2 ta gol o‘tkazib yubordi.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda “yashil qit’a” vakillari 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, kengrular yurti vakillari 13 ta to‘p farqi bilan O‘zbekiston ayollar jamoasidan ustun keldi.

Shunday qilib, O‘zbekiston ayollar jamoasining Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi yurishi nihoyasiga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada Midori Honda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing