O‘zbekistonlik ayol kaltaklanib, zo‘rlandi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi kaltaklandi va zo‘rlandi. Bu haqda “Gazeta” xabar berdi.

Joriy yilning 10 avgust kuni tungi soat 2:00 da Dimitrov ko‘chasida 35 yoshli jabrlanuvchi bilan birga yashovchi shaxs o‘z tanishi bilan uni kaltaklab, zo‘rlagan. Politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan peterburglik Buxarest ko‘chasida zo‘rlangan ayolni ko‘rganini aytgan.

Voqea joyiga yetib kelgan uchastka noziri 35 yoshli ayolni o‘zi bilan yashovchi 40 yoshli erkak va uning 43 yoshli tanishi zo‘rlaganini aniqlagan. Erkaklarning har ikkisi ham O‘zbekistondan.

Shifokorlar jabrlanuvchida ko‘krak qafasi va yopiq bosh miya jarohati mavjudligini aniqladi. Hozirda ayol shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti shifoxonasiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan, ularga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi hal etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg zo'rlash

Baholaganlar

414

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing