O‘zbekistonlik atlet o‘smirlar mundialda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Ayni kunlarda Albaniyaning Durres shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqada O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonlik sportchilardan -81 kg vazn toifasida supaga chiqqan Diyorbek Ermatov 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

U o‘zining sevimli dast ko‘tarish mashqida 145 kg bilan eng yuqori natijani qayd etdi. Siltab ko‘tarishdagi 169 kg va ikki kurashdagi 314 kg natijalar uni shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishini ta’minladi.

Umumiy natijalar:

Levan Ochigava (Gruziya)  – 322 (143+179) kg;

Da He Kvon (J.Koreya) – 316 (142+174) kg;

Diyorbek Ermatov (O‘zbekiston) – 314 (145+169) kg.


Maqola muallifi

Teglar

og'ir atletika Diyorbek Ermatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing