O‘zbekistonlik akrobatlar namoyish vaqtida 10 metr balandlikdan yiqildi
Olam
−
04 yanvar 2020
9988O‘zbekistonlik akrobatlar Niderlandiya poytaxti Amsterdamdagi "Karre" teatrida namoyish vaqtida balandlikdan yiqilib tushdi. Bu haqda “MIR 24” xabar berdi.
Guvoh fojia erkak ayol sherigini bir qo‘li bilan ushlab, ikkinchisini bo‘shashtirganda yuz bergan. Ular birgalikda 10 metr balandlikdan yiqilib tushgan. Tomoshabinlar buni namoyishning bir qismi deb o‘ylashgan. Keyinroq boshlovchi ulardan zalni tark etishni so‘ragan. Hozirda akrobatlar shifoxonada, ularning ahvoli og‘ir.
Ma’lumot uchun, Kristina Vorobeva va Rustem Osmanov “Osmon farishtalari” duetida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Ular himoya to‘risiz, murakkab tryuk – tishda osilib turishni bajaradigan o‘zbekistonlik yagona sirk artistlari hisoblanadi.
LiveBarchasi