O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston xalq artisti, sirk ustasi Hakim Zaripov Karimovich 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.

Sirk ustasi Hakim Zaripov 1924 yilning 17 sentyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1947 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini 1942 yilda “O‘zbek davlat sirki” respublika birlashmasida chavandoz sifatida boshlagan Hakim Zaripov sirk san’ati sirlarini yoshlarga o‘rgatib, yarim asrdan ziyod jahon arenasida tomosha ko‘rsatib kelayotgan Zaripovlar sulolasi vakillaridan biri edi.

Hakim Zaripov umri davomida sirk manejida “yashadi” va 1946 – 1997 yillar davomida sirk san’atining ustasi, iqtidorli chavandoz, hayvon o‘rgatuvchisi, masxaraboz, kino aktyori, kaskadyor sifatida jahon sirki tarixidan munosib o‘rin egalladi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tsirk Hakim Zaripov konservatoriyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing