O‘zbekistonlik 6 bokschi Jahon chempionati finaliga yo‘l oldi

Sport

−

image

Kecha, 11 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA Jahon chempionatining yarim final janglari yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi janglarda g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

IBA Jahon chempionatining yarim final bahslarida 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. Ulardan 3 nafari o‘z bahslarida mag‘lubiyatga uchrab, Jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 6 nafar O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi esa g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.

Finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati quyidagicha:

  • -60 kg: Abdumalik Xalokov; 
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
  • -51 kg: Hasanboy Do‘smatov;
  • -80 kg: Javohir Ummataliyev;
  • -92 kg: To‘rabek Habibullayev;
  • +92 kg: Arman Maxanov.

Shuningdek, -54 kg toifasidagi bahslarda qatnashgan Asilbek Jalilov, -75 kg toifasida Fazliddin Erkinboyev, -57 kg toifasida Xo‘janazar Nortojiyev musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, IBA Jahon chempionatining final bahslari ertaga, 13 dekabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing