O‘zbekistonlik 4-jangchi UFC’da oktagonga chiqadi

Sport

image

UFC’ning yengil vazn toifasida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik Saidyoqub Qahramonov joriy yilning 22 avgust kuni tongda AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan “UFC on ESPN 29” musobaqasining asosiy kardida jang qiladi. U guamlik Trevin Jonsga (13-6) qarshi bahs olib boradi.

Qahramonov (8-2) bir necha kun avval UFC promousheni bilan 4 ta jang uchun shartnoma imzolagan edi. 

Aslida Trevin Jons Mana Martinesga qarshi jang qilishi ko‘zda tutilgandi. Lekin ushbu jang bekor qilingan va o‘zbekistonlik 26 yoshli MMA ustasi unga raqib sifatida tanlangan.

Shu tariqa, UFC’da jang qiladigan o‘zbekistonlik sportchilar soni to‘rt nafarga yetdi. Qahramonovga qadar, Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shakirova ushbu promoushenda oktagonga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 avgust kuni UFC o‘rta vazn toifasida ishtirok etuvchi Mahmud Murodov “UFC on ESPN 30” turniri doirasida amerikalik Jerald Myorshartga qarshi oktagonga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov Liliya Shakirova Zarrux Adashev Saidyoqub Qahramonov

Baholaganlar

472

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing