O‘zbekistonlik 3 nafar bokschi finalga chiqdi
Sport
−
11 mart 2020 7760 1 daqiqa
Bugun, 11 mart kuni Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqa o‘z yakuniga yetadi. Turnirning so‘nggi kun dasturidan final va Olimpiada litsenziyasi uchun kechadigan bahslar o‘rin olgan.
Kecha yarim final jangini muvaffaqiyatli o‘tkazgan o‘zbekistonlik bokschilar Elnur Abduraimov (-63 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) va Bahodir Jalolov (+97 kg) bugun oltin medal uchun ringga ko‘tarilsa, Tursunoy Rahimova (-51 kg) Olimpiada litsenziyasi uchun jang olib boradi.
-51 kg: Tursunoy Rahimova – Yutumas Jitpong (Tailand) (14:00)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Muhammad Alvadi (Iordaniya) (20:45dan so‘ng)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Zakir Safiullin (Qozog‘iston) (21:00dan so‘ng)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Yustis Xuni (Avstraliya) (22:15dan so‘ng)
Ma’lumot o‘rnida, hozircha O‘zbekiston delegatsiyasida Tokio-2020 Olimpiadasi uchun 21ta yo‘llanma mavjud.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr