O‘zbekistonlik hakamlar JCH 1/8 final bahsida ishlaydi
Sport
−
02 iyul 805 1 daqiqa
O‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan Paragvay – Fransiya uchrashuvini boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tantashevga mazkur bahsda qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur G‘aynullin yordam beradi. Uchrashuv joriy ilning 4 iyul kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 02:00 da start oladi.
E’tiborlisi, mazkur bahs AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarga to‘g‘ri keladi. Shu bois uchrashuvni mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham stadiondan turib kuzatishi kutilmoqda.
Bu O‘zbekiston hakamlarining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi uchinchi tayinlovi bo‘lib, Tantashev va uning brigadasi guruh bosqichi doirasidagi Marokash – Shotlandiya va Avstriya – Jazoir bahsida ham faoliyat olib borgandi.
Live
Barchasi