O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo kubogiga jalb etildi
Sport
−
14 Sentabr 2023
1929O‘zbekistonlik FIFA referilari Ahrol Risqullayev va Ilgiz Tantashev 2024 yil boshida Qatarda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatidan joy oldi. Tegishli ro‘yxat Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Shuningdek, ro‘yxatga o‘zbekistonlik 2 nafar yordamchi hakamlar kiritilgan. Timur Gaynulin va Andrey Sapenko ham Osiyo kubogi bahslarida faoliyat olib boradi.
O‘zbekistonlik yana bir mutaxassis Farhod Abdullayev esa musobaqada faoliyat yurituvchi texnik ekpertlar ro‘yxatidan joy olgan.
Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi o‘yinlari kelgusi yili 12 yanvarda start oladi. Final o‘yini esa 10 fevral kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi