O‘zbekistonga yil boshidan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari miqdori ma’lum qilindi
Jamiyat
−
05 may 2023
6210O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi joriy yil boshidan 3,1 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda kecha, 4 may kuni Markaziy bank boshqaruvining tayanch yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, pul o‘tkazmalari hajmi 2023 yilning 4 oyi davomida 3,1 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,8 foizga o‘sgan.
Shu bilan birga, 2023 yilning qolgan davrida pul o‘tkazmalari hajmida o‘tgan yilga nisbatan kamayish kutilmoqda (30% atroflarida).
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi