O‘zbekistonga yashirincha olib kirilayotgan 2000 dona pirotexnika to‘xtatib qolindi

Jamiyat

image

Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari turli pirotexnika vositalarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirish holatlari avjiga chiqadi. Buning oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib boriladi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postiga qo‘shni davlat hududidan kirib kelgan fuqaro M.S. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Natijada, fuqaro ushbu shaxsning o‘zi bilan olib kelayotgan qo‘l yuklari orasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1990 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi ma’lumotda.

Sarvar Rahimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bojxona pirotexnika

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing