O‘zbekistonga yana sovuq havo yaqinlashyapti. Energetika vazirligi bunga tayyormi?

Jamiyat

image

O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekistonda kunlarning sovib ketishi natijasida hududlarda gaz va elektr taqchilligi muammosi keskinlashib ketgandi. Bir so‘z bilan mamlakat energetika sohasi bunday sovuqqa tayyor bo‘lmagani oydinlashgandi. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, joriy hafta oxirida mamlakatda yana qish qahratoni hukmronlik qila boshlaydi. Bu safar energetika tizimi tayyorgarlik ko‘ryaptimi?

O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov shu masala yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizim sovuq kunlarga qanday tayyorlanayotgani haqida ma’lumot berdi.

“Ushbu haftaning oxiriga kelib, O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini noldan past haroratgacha tushishi kutilmoqda. Biz vaziyatdan yaxshi xabardormiz, mummolarni yengillashtirish, uy-joylar va ish joylarining barqaror energiya va gaz bilan ta’minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiryapmiz”, deydi vazir Sultonov.

Unga ko‘ra, yanvar oyining so‘nggi o‘n kunligidagi iste’molchilarga 2 mlrd. 318,7 mln. kilovatt-soat elektr energiyasi, 1 milliard 163 million metr kub tabiiy gaz, 19 ming 210 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda ko‘mir omborlarida jami 156 ming 635 tonna  ko‘mir va briket zaxirasi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga haftaning oxirlarida Volgabo‘yi hududlaridan kirib keladigan nam havo massalari hisobiga ob-havo keskin sovushi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi sovuq

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing