O‘zbekistonga yana 5,5 mln doza vaksina olib kelinadi

Jamiyat

image

Joriy yil iyun oyigacha O‘zbekistonga yana 5,5 mln doza koronavirusga qarshi vaksina olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida COVID-19 ga qarshi emlash tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlanmoqda.

“COVID-19 bilan kasallanishda xavf osti guruhiga mansub to‘rt milliondan ortiq aholi qatlamini birinchi navbatda emlash tadbirlari uchun COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca hamda Xitoy va O‘zbekiston olimlari xamkorligida yaratilgan 1  million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinalari keltirildi.

Bundan tashqari, COVAX doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinalarini mamlakatimizga keltirish rejalashtirilgan”, degan vazir Xojiboyev.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza “Sputnik V” vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.

Shu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan yana qo‘shimcha AstraZeneca vaksinasini xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing