O‘zbekistonga yana 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirildi 

Jamiyat

image

Kecha, 11 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekistonga 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bepul keltirildi. Bu haqda Telegram’dagi   “Vaksinauz” kanali xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, vaksina Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan yuborilgan. 

 Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 036 368 dozani tashkil qilib, 50 million dozalik marraga yaqinlashmoqda. 

Ulardan: 

• 2 404 480 dozasi AstraZeneca; 

• 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001; 

• 1 341 790 dozasi “Sputnik V”; 

• 3 000 060 dozasi Moderna; 

• 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech; 

• 1 976 000 dozasi Sinovac; 

• 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir. 

Shundan 36 064 004 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

12

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing