O‘zbekistonga sovuq va nam havo massasi kirib keladi
Jamiyat
−
11 Oktabr
98893Joriy yilning 13 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy viloyatlariga, 14-17 oktyabrda esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massasi kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, 13-17 oktyabr kunlari havo harorati kechasi 3-8 daraja, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi. 13-15 oktyabr kunlari respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi.
Shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida, baland tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 va 13-14 oktyabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi