O‘zbekistonga Rossiyaning yana bir vaksinasi olib kelindi
Jamiyat
−
11 dekabr 2021
4961O‘zbekistonda koronavirucga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi. Kecha, 10 dekabr kuni Rossiyadan 200 000 doza Sputnik Light vaksinasi olib kelindi.
Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya. Eslatib o‘tamiz, mamlakatga avvalroq ushbu vaksinaning 7 500 dozasi olib kelingan edi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksina 48 036 368 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
- 36 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
- 1 341 790 dozasi "Sputnik V";
- 3 000 060 dozasi Moderna;
- 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
- 1 976 000 dozasi Sinovac;
- 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan 35 610 274 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.
LiveBarchasi