O‘zbekistonga pirotexnikani chiqindi mashinasida olib kirayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonga 408 mln so‘mlik pirotexnika vositalarini maxsus mashinada olib kirmoqchi bo‘lganlar fosh bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘idan qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi orqali harakatlangan fuqaro boshqaruvidagi Isuzu rusumli chiqindilar tashuvchi maxsus avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilgan.

Natijada chiqindilar ortidan dastlabki qiymati 408 million so‘mlik 4 turdagi 1623 dona salyutlar va 1910 qutida jami 150 ming donadan ziyod petarda kabi xorijda ishlab chiqarilgan pirotexnika vositalari topilgan. Ularni shu yo‘l bilan bojxona nazoratidan yashirib olib kirmoqchi bo‘lishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent viloyatida 12,3 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

mashina pirotexnika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing