O‘zbekistonga “Omikron” shtammiga qarshi vaksina keltirildi
Salomatlik
−
17 mart 2023
10237O‘zbekistonga “Omikron” shtammiga qarshi vaksina olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga ilk bor COVID-19’ning “omikron” shtammi B.A.4 va B.A.5 subvariantlariga qarshi 875 520 doza Pfizer vaksinasi keltirilgan.
Ushbu preparatlar hozir aholi o‘rtasida dominant shtammga aylangan yangi versiyalarning oldini olishda qo‘llanilib, tayyor eritilgan emlash vositasi hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda shu kungacha jami 75 670 234 doza vaksinadan foydalanilgan.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi