O‘zbekistonga oltinchi Boeing-787 Dreamliner olib kelindi (fotoreportaj)

Jamiyat

111111111111

Bugun, 5 may kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining oltinchi Boeing-787 Dreamliner samolyoti Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga yetib keldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova xabar qildi.

Shuni alohida e’tirof etish joizki, O‘zbekiston Milliy aviatashuvchisi 2016 yilning avgust oyidan boshlab Boeing 787 Dreamliner samolyotining Markaziy Osiyodagi birinchi buyurtmachilaridan biri sifatida ushbu havo kemasining tijoriy ekspluatatsiyasini boshlagan.

Mazkur rusumdagi ikkinchi samolyot 2016 yil noyabr oyida, uchinchisi esa, 2018 yil may oyida aviakompaniya parkini to‘ldirgan edi. 2019 yilning aprelida to‘rtinchi hamda iyul oyida beshinchi Dreamliner ham qabul qilib olingandi.

Ma’lumot o‘rnida, Boeing 787−8 “Orzular layneri” yo‘lovchilarining barcha  ehtiyojlarini hisobga olgan. Samolyotning biznes-klassida 180 darajada ochiladigan kreslolar mavjud. Iqtisod-klass o‘rindiqlar orasidagi masofa kengligi esa baland bo‘yli odamlarga o‘rindiqda o‘zlarini qulay his etishlari imkonini beradi. Boeing 767 bilan taqqoslaganda Dreamliner samolyotining yoqilg‘i samaradorligi 10 foizga, har bir yo‘lovchiga nisbatan hisoblaganda esa 20 foizga yetadi.

Samolyot korpusining 50 foizi kompozit, 20 foizi esa alyumin materiallardan tarkib topgan. Layner GE Aviation tomonidan ishlab chiqarilgan GEnx-1B dvigatellari bilan ta’minlangan bo‘lib, samolyot ishlab chiqaradigan tashqi shovqin avvalgi Boeing modellariga nisbatan 2 barobar kam.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways Boeing-787

Baholaganlar

125

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing