O‘zbekistonga noqonuniy qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona posti orqali noqonuniy ravishda qurol olib kirilishi to‘xtatib qolindi. Bu haqda bugun, 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtotransport vositasi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilgan. Natijada mazkur avtotransport vositasining yukxonasidan 1 dona “Makarov” rusumli to‘pponcha, 2 dona tig‘li sovuq qurol, turli xil harbiy anjomlar hamda 3 dona polietilen paketda quritilgan giyohlar borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish hamda respublikamiz hududi orqali tranzit ravishda olib o‘tish tegishli organlar ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodagi uyida noqonuniy 3 dona “Makarov” va 1 dona TT pistoleti hamda o‘q-dorilar saqlagan shaxs ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

bojxona qurol noqonuniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made