O‘zbekistonga nisbatan terrorchilik xuruji xavfi saqlanib qolmoqda – DXX raisi
Jamiyat
−
15 yanvar 9228 1 daqiqa
Xorijdan hamon O‘zbekistonga nisbatan terrorchilik xurujlari asosiy tahdidligicha qolmoqda. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov joriy yilning 13 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilgan.
“Jahonda harbiy-siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar kuchayishi fonida mintaqamiz, shu jumladan O‘zbekistonda ham terrorchilik xurujlari asosiy tahdid bo‘lib qolmoqda. O‘choqli hududlardagi terrorchilik tashkilotlarining respublikamizga nisbatan qo‘poruvchilik intilishlari saqlanib qolmoqda”, deydi general.
Uning qayd etishicha, diniy-ekstremistik oqimlar vakillari tomonidan internet orqali radikal g‘oyalarni targ‘ib qilish yoshlar, ayniqsa, xorijdagi migrantlarni o‘z safiga yonlash kamaymayapti.
“O‘tgan yili O‘zbekistonda va xorijda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 11 ta teraktning oldi olindi. Ularga aloqador 11 nafar Markaziy Osiyolik shaxsning destruktiv faoliyatiga chek qo‘yildi”, deydi Qurbonov.
Uning alohida urg‘ulashicha, bugungi kunda virtual makon, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar aholi orasida destruktiv g‘oyalarni tarqatuvchi asosiy manbaga aylanib, diniy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, davlat chegarasi orqali transchegaraviy tahdidlar va narkotrafik, qurol-yarog‘, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishi o‘z dolzarbligini yo‘qotmayapti.
Live
Barchasi