O‘zbekistonga 2020 yilda nechta elektromobil olib kelingan?
Jamiyat
−
14 fevral 2021 7903 1 daqiqa
2020 yilda O‘zbekistonga xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2020 yilda elektromobillar importi avvalgi yillarga nisbatan bir necha barobarga ko‘paygan. 2018 yilda 13 ta, 2019 yilda 39 ta elektromobil import qilingan.
O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
• Xitoy – 92 ta
• Koreya Respublikasi – 13 ta
• Gruziya – 7 ta
• AQSH – 7 ta
• Germaniya – 5 ta
• Boshqa davlatlardan – 7 ta
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSH dollari sarflangan.
Avvalroq, O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida, 100 ta uy xo‘jaligiga 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr