O‘zbekistonga mobil telefonlar eng ko‘p qaysi davlatlardan kirib keladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-mart oylarida xorijdan qiymati 49,9 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 700 283 dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Telefon importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 260 878 donaga oshgan. O‘zbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

O‘zbekiston 3 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

•    Xitoy – 533 704 dona;
•    Vetnam – 92 639 dona;
•    Hindiston – 36 698 dona;
•    BAA – 33 620 dona;
•    Qozog‘iston – 3 518 dona;
•    Koreya – 86 dona.

Oylar kesimida telefon importi:

•    yanvar oyida – 129 766 dona;
•    fevral oyida – 284 461 dona;
•    mart oyida – 286 056 dona.


Maqola muallifi

Teglar

mobil telefon statistika

Baholaganlar

712

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing