O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lgan tailandliklar katta puldan quruq qoldi
Sport
−
31 yanvar
27378Kecha, 30 yanvar kuni Osiyo kubogi 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Tailand bahsidan oldin tailandlik futbolchilarga agar g‘alabaga qozongan taqdirda, 4 million bat (113 ming AQSH dollari) va’da qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Vietnam.vn” sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Tailand terma jamoasi menejeri va mamlakatda ko‘zga ko‘ringan milliarder sifatida tanilgan Pang xonim bahsdan oldin g‘alaba uchun futbolchilarni mukofotlashini bildirgan, biroq tailandliklar O‘zbekiston terma jamoasiga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Qayd etilishicha, Pang xonim O‘zbekiston bilan o‘yingacha ham futbolchilarni turnir guruh bosqichidagi munosib ishtiroki uchun taqdirlagan. U Tailand nimchorak finalga chiqqani uchun terma jamoaga o‘z hisobidan 5 million bat (141 ming AQSH dollari) ajratgan.
LiveBarchasi