O‘zbekistonga kuchli ta’sir qiluvchi dorilar olib kirilayotgani aniqlandi 

3-sahifa

image

O‘zbekiston hududiga qora bozordagi chakana narxi 686 million so‘mga teng 5 412 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy kirib kelishi va tarqalishiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalari QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, respublika hududida o‘tkazilgan qator tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Farg‘ona tumanida yashovchi 39 yoshdagi shaxs Qirg‘izistondan 600 dona “Regapen” va 200 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Qo‘qon shahriga sotish maqsadida olib kelgan vaqtida qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, moddiy manfaat evaziga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Farg‘ona viloyatidan Toshkent shahriga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Quvasoy shahrida yashovchi 51 yoshdagi shaxs boshqaruvidagi Nekciya-2 rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda 476 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalillar sifatida olinib, davom ettirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatga aloqador Toshkent shahrida yashovchi 33 yoshdagi ikki nafar shaxs va 25 yoshdagi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi ushlangan.

Shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida yashovchi 42 yoshdagi va muqaddam sudlangan 32 yoshdagi shaxslar 2 992 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida Toshkent shahriga olib kelganlarida qo‘lga olingan.

Shu bilan birga, Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 37 va 28 yoshli shaxslar 1 087 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 11 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan. Davom ettirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushlangan shaxslardan birining yashash manzilida 57 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari saqlab kelayotgani aniqlangan.

Shunday qilib, umumiy hisobda 9 nafar shaxslarning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilib, qora bozordagi chakana narxi 686 million so‘mga teng 5 412 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarni respublika hududida tarqatilishining oldi olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘onada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga tushgan, Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan 588 dona dori vositasini 2 950 AQSH dollariga, boshqa bir shaxs esa kuchli ta’sir qiluvchi 3348 dona dori vositasini 6,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Chilonzor kuchli ta'sir qiluvchi dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing