O‘zbekistonga kirib kelayotgan un hajmi qariyb 50 foizga kamaydi

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasi natijasida oxirgi uch oyda O‘zbekistonga kirib kelayotgan un hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 50 foizga, don 31 foizga kamaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 aprel kuni paxtachilik va g‘allachilikda klaster tizimini rivojlantirish, bahorgi agrotexnik ishlarni samarali tashkil qilib, hosildorlikni oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida aytilgan. 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, bugungi epidemiologik vaziyat har qanday sharoitga tayyor bo‘lish darkorligini, oziq-ovqat aholining talabi darajasida zaxira qilinishi zarurligini ko‘rsatmoqda.

O‘tgan yili g‘allaning davlat xarid narxlari oshirilib, dehqonlarning manfaatdorligi ta’minlangani va qo‘shimcha don yetishtirilgani uchun ichki bozordagi narxlar barqaror saqlanib turibdi.

Yig‘ilishda bu mavsumda esa qo‘shimcha agrotexnik tadbirlarni bajarib, g‘alla hosildorligini 20 sentner ko‘paytirish, gektaridan kamida 70 sentnerdan hosil olish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Shu maqsadda har bir viloyat va tuman uchun ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqib, ularga muvofiq agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. G‘allani oziqlantirish, zang kasalligi, zararkunanda va begona o‘tlarga qarshi kimyoviy ishlov berish, o‘rim-yig‘imni uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Joriy yilda tashkil qilingan 102 ta g‘allachilik klasteri fermerlarga namuna bo‘lib, olingan qo‘shimcha don hisobidan aholiga arzon go‘sht, baliq va parrandachilik mahsulotlari yetkazib berishi maqsadga muvofiq.

Pandemiya davrida barcha davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan jiddiy choralarni ko‘rmoqda. O‘tgan yili may-dekabr oylarida yurtimizga 116 ming tonna kungaboqar, 7 ming tonna soya, 15 ming tonna guruch, 2,6 ming tonna dukkakli ekin yormalari import qilingan.

Bu oziq-ovqat mahsulotlari turlari va hajmini ko‘paytirish ustida jiddiy ishlash kerakligini anglatadi. Nafaqat import o‘rnini to‘ldirish, balki yangi eksport bozorlarida o‘rin topish zarur. Shunda hozirgi global inqirozdan kuchli davlat bo‘lib chiqish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 641 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 42 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

un

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing