O‘zbekistonga xorijdan pul kirishi rekord darajada o‘sdi

Jamiyat

image

2022 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 6,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi.

MBga ko‘ra, bu 2021 yilning mos davriga nisbatan 96 foizga yoki 3,2 mlrd dollarga ko‘p.

2022 yil yanvar-iyun oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan jami 5,66 mlrd AQSH dollari miqdorida yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 70 foiz (2,33 mlrd dollar) ko‘p xorijiy valyuta sotib olingan.

O‘z navbatida, tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami 3,72 mlrd dollar miqdorida xorijiy valyuta sotilgan. Bu 2021 yilning mos davri bilan solishtirganda 85 foizga yoki 1,71 mlrd dollarga ko‘p.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

1417

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing