O‘zbekistonga xorijdan kirib kelgan valyuta hajmi o‘sdi

Jamiyat

image

2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

MB ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda pul o‘tkazmalari 2020 yilning mos davriga (1,8 mlrd. dollar) nisbatan 43 foizga, 2019 yilning mos davriga (2 mlrd. dollar) nisbatan 30 foizga o‘sdi hamda aholining iste’mol va investitsion faolligini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Joriy yilning yanvar-may oylarida eksportdan tushumlar hajmi (oltin va gazni hisobga olmaganda) 3,9 mlrd. dollarni tashkil etib, 2020 yil mos davridagi ko‘rsatkichdan (2,5 mlrd. dollar) 1,5 barobarga, 2019 yildagi ko‘rsatkichdan (2,8 mlrd. dollar) 39 foizga yuqori bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, ushbu omillar, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida taklif hajmining barqaror bo‘lishi va milliy valyuta kursi shakllanishida muhim rol o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing