O‘zbekistonga xorijdan eng ko‘p qanday oziq-ovqat mahsuloti import qilinadi?
Jamiyat
−
01 avgust 2022
10338O‘zbekistonga joriy yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan eng ko‘p bug‘doy import qilingan. Eng ko‘p oziq-ovqat mahsuloti esa Qozog‘istondan olib kirilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-iyun oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati:
• Bug‘doy – 375,4 mln AQSH dollariga;
• Shakarqamish – 185,3 mln AQSH dollariga;
• Margarin mahsulotlari – 156 mln AQSH dollariga;
• Qoramol go‘shti – 98,6 mln AQSH dollariga;
• Bug‘doy uni – 63,4 mln AQSH dollariga;
• Kartoshka – 55,5 mln AQSH dollariga;
• Kakao va shokolad – 53 mln AQSH dollariga;
• Sut mahsulotlari – 38 mln AQSH dollariga;
• Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 35 mln AQSH dollariga;
• Banan – 26,5 mln AQSH dollariga;
• Choy – 23 mln AQSH dollariga;
• Parranda go‘shti – 22 mln AQSH dollariga;
• Makkajo‘xori – 21 mln AQSH dollariga;
• Kofe – 15 mln AQSH dollariga;
• Qandolat mahsulotlari – 12,5 mln AQSH dollariga.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
• Qozog‘iston – 37,9 foiz;
• Rossiya – 25,6 foiz;
• Braziliya – 11,9 foiz;
• Belarus – 4,3 foiz;
• Pokiston – 2,9 foiz;
• Boshqa davlatlar – 17,4 foiz.
LiveBarchasi