O‘zbekistonga kelayotgan AQSH delegatsiyasida kimlar bo‘lishi ochiqlandi
Olam
−
23 may 2022
10141Avvalroq AQSH delegatsiyasi O‘zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edik. Unga Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchilik qilishi aytilgandi. Amerika delegatsiyasining tashrifi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.
AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Delegatsiya tarkibiga Pentagon, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi, AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi vakillari ham kiradi.
Hukumat delegatsiyasi joriy yilning 23-27 may kunlari O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda bo‘ladi.
“Donald Lu rahbarligidagi AQSH delegatsiyasi 23-27 may kunlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga safar qiladi, bu AQSHning mintaqa bilan munosabatlarini mustahkamlash hamda yanada farovon va xavfsiz davlat yaratish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni ilgari surish maqsadida amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda
Tashrif doirasida Amerika delegatsiyasi a’zolari nomi tilga olingan mamlakatlar rasmiylari, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashish niyatida. Tojikistonda “iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun” har yili ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilmoqda.
LiveBarchasi