O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatdan gaz importi to‘liq to‘xtagan – Energetika vazirligi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bugungi kunda ga va elektr energiyasiga maksimum talabni qondirish uchun gaz quvurlari va magistral elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati yetarli bo‘lsada, muammolar resurslar yetarli emasligi hisobiga kelib chiqmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi tomonidan berilgan navbatdagi bayonotda so‘z borgan. 

Vazirlikning yana bir bor ta’kidlashicha, respublika bo‘ylab haroratning keskin tushib ketishi natijasida elektr energiyasi va tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgan.

“Ushbu talabni qondirish uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi importi hajmini tezkor ko‘rilgan choralar va kelishuvlar asosida maksimum darajaga oshirish hisobiga kunlik tabiiy gaz iste’molining 10 foizi hamda elektr energiyasining 8 foizi aynan qo‘shimcha import yordamida ta’minlanib kelmoqda. 

Garchi, bugungi kundagi maksimum talabni qondirish uchun gaz quvurlari va magistral elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati yetarli bo‘lsada, resurslar yetarli emasligi hisobiga iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Rasman ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatdan gaz importi to‘liq to‘xtagan. Biroq, Energetika vazirligi bu qaysi mamlakat ekaniga aniqlik kiritmagan. Katta ehtimol bilan Turkmaniston bo‘lishi mumkin. 

“Anomal sovuq tufayli 12 yanvarda qo‘shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat tabiiy gaz importining to‘liq to‘xtashiga va boz ustiga elektr energiyasi importining 20 foizga qisqarishiga sabab bo‘ldi", deyiladi xabarda. 

Vazirlikka ko‘ra, energiya resurslari taqchilligi kuzatilayotgan paytda ushbu resurslarni birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib berish uchun elektr energiyasi eksporti to‘xtatilgan. 

Bundan tashqari, yirik sanoat korxonalariga energiya resurslarini yetkazib berish hajmi o‘rtacha 70-80 foizga qisqartirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning Turkmanistonga tashrifi davomida O‘zbekistonga qo‘shimcha kuniga 20 mln kub metr (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi anomal sovuq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing