O‘zbekistonga qaytgan Ahmadaliyevning raqibi kim bo‘ladi?
Sport
−
22 noyabr 2021
9068Bugun, 22 noyabr kuni professional boksning super yengil vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (10-0-0) O‘zbekistonga qaytib keldi. MJ o‘z fikrlarini bildirar ekan navbatdagi jang mutlaq Jahon chempionligi uchun bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Keyingi jangim chempionlik kamarlarini birlashtiruvchi maqomida bo‘ladi. 28 noyabr kuni Stiven Fulton (WBO) va Brendon Figeroa (WBC) o‘zaro bahs olib boradi. Bellashuv g‘olibi WBO va WBC kamarlarini qo‘lga kiritadi va menga qarshi mutlaq chempionlik jangida ishtirok etadi”, deydi Ahmadaliyev.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 noyabr kuni AQSHning Nyu Gempshir shtati Manchester shahrida joylashgan SNHU arenasida tashkil etilgan professional boks kechasida Murodjon Ahmadaliyev chililik Xose Velaskesga (29-6-2) qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alabaga erishdi. Bahs to‘liq davom etgan va yakunda barcha hakamlar 119-111 hisobini ko‘rsatishgan edi.
Ma’lumot uchun, Figeroa (22-0-1) faoliyati davomida 22 ta jangda g‘alaba qozonib, bir marta durang qayd etgan. Fulton esa 19 ta bellashuvning barchasida raqiblaridan ustun kelgan.
LiveBarchasi