O‘zbekistonga qaysi davlatlardan ko‘proq tijoratchilar kelmoqda?

Bu qiziq

image

2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 16,9 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida kelgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 3,1 barobarga oshgan. O‘zbekistonga 2024 yilning dastlabki 2 oyida eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari tijorat maqsadida kelgan:

  • Turkmaniston – 12 013 nafar;
  • Tojikiston – 2 937 nafar;
  • Afg‘oniston – 582 nafar;
  • Xitoy – 260 nafar;
  • Turkiya – 243 nafar;
  • Hindiston –167 nafar;
  • Janubiy Koreya – 133 nafar;
  • Qirg‘iziston – 101 nafar;
  • Eron – 65 nafar nafar;
  • AQSH – 61 nafar; 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga davolanish maqsadida qaysi mamlakatlardan odablar eng ko‘p kelayotgani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

savdo Statistika tijoratchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing