O‘zbekistonga ilk bor Indoneziya vitse-prezidenti keldi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 12 iyun kuni Indoneziya vitse-prezidenti Ma’ruf Amin Toshkentga keldi Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Keltirilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Tashqi ishlar vazirligi rahbarining o‘rinbosari Bahromjon Aloyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Indoneziya delegatsiyasi tarkibidan yuzga yaqin vazirliklar, idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, tadbirkorlar o‘rin olgan. Besh kunlik tashrif davomida Indoneziya delegatsiyasi O‘zbekiston hukumati, vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazadi, ularda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Indoneziya delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurib, viloyat va shahar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil 6-11 sentyabr kunlari Indoneziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Puan Maharani Toshkentda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq a’zolari spiker ayollarining 14-sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Shuningdek, 13-16 noyabr kunlari esa Indoneziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri o‘rinbosari R.Gobelning yosh bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha YUNESKOning II Butunjahon konferensiyasi ishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan.

Bundan tashqari, 2023 yil 6-7 iyun kunlari Indoneziya turizm va ijodiy iqtisodiyot vaziri Sandiaga Salohuddin Unoning ham O‘zbekistonga tashrifi tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Indoneziya Ma'ruf Amin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing